Rossiya prezidenti Vladimir Putin hukumatga kapitallar amnistiyasini 2020 yil 1 martgaça uzaytiriş topşiriğini berdi. Tegişli özgarişlarni 28 fevralgaça kiritiş lozim.
Amnistiyadan foydalanmoqçi böladigan şaxslar Kaliningrad viloyati va Primore ölkasidagi maxsus ma'muriy hududlarga öz mablağlarini ötkazib berişlari va öz nazoratlaridagi xorijiy kompaniyalarni qayta röyxatga olişlari lozim böladi.
Avvalroq Putin kapitallar amnistiyasini uzaytirişi mumkinligini, çunki köpçilik tadbirkorlarni xorijga aktivlarini olib çiqib ketişlariga Rossiyada şaxsiy mulk himoyasi yetarliça kafolatlanmagani majbur qilganini aytgan. Fuqarolar tomonidan aktiv va hisob raqamlarning köngilli tarzda deklaratsiya qilinişining 1-bosqiçi 2015 yil 1 iyuldan 2016 yil 30 iyungaça davom etgan. Uşbu tajribani 2018 yil 1 martda takrorlaşga qaror qilingan va dastur bir yil davom etişi kutilgan.
Amnistiya doirasida tadbirkorlar Rossiyaga aktivlarini köngilli tarzda qaytarsalar, pul mablağlari va mulkni yaşiriş, bojxona tölovlari, soliqlar va yiğimlarni tölamaslik, soliq agenti majburiyatlarini bajarmaslik, pul mablağlarini qaytariş böyiça majburiyatlarni bajarişdan böyin tovlaş moddalari böyiça jinoiy javobgarlikdan ozod etiladilar.

















