Estrada san'ati sohasida faoliyat yuritayotgan ijodkorlar uçun barça zarur şart-şaroitlar yaratib berilayotganiga qaramay, qiziqçilik san'ati, aksar söz ustalarida talabçanlik yöqolib, baçkana, fahş xatti-harakat, bema'ni haqoratomuz sözlar bilan keng ommaning ğaşiga tegiş holatlari kuzatilmoqda, deb bayonot bermoqda «Özbekkonsert» davlat muassasasi rahbariyati. 

Bugun, 26 fevral kuni «Özbekkonsert» davlat muassasasi tomonidan «Turkiston» san'at saroyining majlislar zalida «Badiiy söz san'ati va sahna mas'uliyati» mavzusida davra suhbati ötkazilmoqda. Kun.uz muxbirining xabar berişiça, davra suhbatining asosiy mavzusi sifatida bugungi kunda sahnaga çiqayotgan, özini söz ustasi sifatida taniştirayotgan yoşlar masalasi körilmoqda.  

«Qiziqçilar jamiyatdagi muammolarni, kamçiliklarni satirik janrda, badiiy san'at darajasida oçib berişlari lozim. Ammo  bugungi kunda ayrim qiziqçilar maişiy mavzular orasida öralaşib qolayotgani açinarli holdir», – deyiladi «Özbekkonsert» bayonotda. 

Ma'lumki, özbek söz san'ati özining Yusufjon qiziq, Muhiddin Darveşov, Soyib Xöjayev, Ergaş Karimov, Rustam Hamroqulov kabi zabardast vakillariga ega. Ularning munosib davomçisi sifatida köriladigan Hojiboy qiziqning «xalqdan olib, xalqqa taqdim etiş» uslubi ham şinavandalar uçun nihoyatda qiziqarliligiça qolmoqda.

Ammo bugungi kunda köpçilik yoşlar bu an'analarga zid ravişda, arzon va oson kulgi ortidan quvib, sahnada maişiy mavzulardan orta olmayotganlari, fahş atrofidagi gaplar, haqoratomuz sözlarni köpçilik oldida uyalmay sözlayotganligi açinarli ekanligi qayd etilmoqda.

«Özbekkonsert» davlat muassasasi tomonidan ötkazilayotgan «Badiiy söz san'ati va sahna mas'uliyati» mavzusida davra suhbati aynan mana şunday holatlarga yöl qöymaslik, özbek söz san'atini sof holda saqlab qolişni közda tutgan.

Ma'lum qilinişiça, tadbir doirasida qator guruhlar va ijodkorlar masalasi alohida körib çiqilişi kutilmoqda.

Sönggi paytlarda turli guruhlarning, jumladan BRAVO guruhining sahna çiqişlari, Halima Ibragimovaning ijtimoiy tarmoqlarda muxlislar bilan «gap talaşuvlari»  jamoatçilik orasida qattiq e'tirozlarga sabab bölayotgandi. 

Xususan Kun.uz saytida ham ijodkor Elmurod Ermatovning