Portugaliya çempionati 23-turidan örin olgan «Santa-Klara» - «Nasonal» jamoalari örtasidagi öyinda hamyurtimiz Sardor Raşidov öynaydigan «Nasonal» klubi mehmonda «Santa-Klara»ga 0:2 hisobida mağlub böldi.
Şu kuni Sardorning maydonga tuşmagani va hatto qaydnomaga kiritilmagani özbekistonlik muxlislarni hayron qoldirdi. Ötgan öyinda het-trik qayd etgan Sardorning maydonga tuşmagani çindan ham ğalati.
Ijtimoiy tarmoqlarda Sardorning noqulay ob-havo sabab samolyotga çiqişdan hayiqib, safar öyiniga bormagani aytildi, lekin ma'lum bölişiça, sabab boşqa bölgan. Sardor hujjatlari bilan boğliq muammo bois safar öyiniga uça olmagan.
«Nasonal» çempionatdagi navbatdagi öyinini 2 mart kuni öz maydonida «Tondella»ga qarşi ötkazadi.
















