Bugun Toşkentning «Lokomotiv» klubi özbek futbolining maşhur insonlaridan biri Samvel Babayan klub prezidentining maslahatçisi bölganini e'lon qildi. Bu kutilmagan xabar böldi, çunki ÖFA murabbiyni futboldan çetlaştirgan edi. Bu masalaga oydinlik kiritiş va Samvel Babayanning terma jamoadan ketgaç nima bilan band bölgani haqida savollarga javob oliş uçun Kun.uz muxbiri murabbiy bilan suhbatlaşdi.

– Avvalambor assalomu alaykum. Suhbatlaşişga rozi bölganingiz uçun rahmat. Bugun özbek futboliga qaytganingiz muxlislar orasida keng muhokama qilinmoqda. Terma jamoadan ketgaç çet eldagi faoliyatingiz haqida barça eşitgan. Lekin hozirgaça nimalar qilganingizni öz tilingizdan eşitsak...

– Ötgan vaqt davomida Latviyada böldim. Yurmalaning «Spartak» jamoasida işladim. U yerda yomon işlamayotgandik. Lekin keyinroq ma'lum böldiki, mening Osiyoda olingan litsenziyam Yevropada ötmas ekan. Söng rahbariyatda faoliyatimni davom ettirdim. Yaqinda menda «Lokomotiv»dan taklif böldi va Özbekistonga qaytdim. Kim nima desa, desin, men vatanimni yaxşi köraman va doim unga qaytgim keladi. «Lokomotiv» hozir yangi darajaga kötarilişni maqsad qilgan. Bu yölda foydam tegsa, xursand bölaman.

Men futbolga bugun kirib kelganim yöq. «Paxtakor»da yetarli tajriba töplaganman. «Lokomotiv»da klub prezidentining maslahatçisi bölib işlayman. Bugun jamoa bilan uçraşdim, ertadan işga kirişaman. «Lokomotiv» kelajak uçun asos qurmoqçi, ya'ni akademiyasini kuçaytirmoqçi. Men seleksiya işlari bilan ham şuğullanaman.

– Demak murabbiylar ştabida faoliyat yuritmaysiz?

– Yöq. Lekin kabinetda ham ötirmayman. Men kabinetda ötirib işlaşni yoqtirmayman. Jamoa uçun yangi futbolçilar qidiriş bilan şuğullanaman. Ertagayoq klub akademiyasiga borib qilinişi kerak bölgan işlarni belgilab olamiz. Kuçli klublarning akademiyalari, xususan «Krasnodar» klubi akademiyasi bilan hamkorlik qilişga harakat qilamiz. Biz «Koppa Karnavale»da qatnaşişni boşlaymiz. Bu musobaqada «Paxtakor»ning yoş futbolçilari muntazam qatnaşardi. Keyingi yildan «Lokomotiv» dunyoning 40 ta kuçli jamoalari qatnaşadigan bu yoşlar musobaqasida öynaydi.

– Yaqinda sizning «Surxon» jamoasida iş boşlaganingiz haqida xabarlar paydo böldi. Bu qançalik haqiqatga yaqin?

– Men u yerda işlaganim töğri emas. «Surxon» boş homiysi «Özbekgidroenergo» rahbari Abduğani Sanginov meni jamoaga taklif qilgani rost. U bilan ba'zi narsalarni maslahat qildik, lekin jamoada rasman iş boşlamagandim.