Venesuela muxolifati yetakçisi Xuan Guaydoning Venesueladan bir qator amaldorlarning Turkiyaga qoçgani haqidagi xabari haqiqatga töğri kelmaydi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan aytib ötdi.

Avvalroq Guaydo tvitterda bir qator amaldorlar mamlakatni tark etib, Turkiyaga yöl olganini ma'lum qilgan. 

“Venesueladan heç kim mening davlatimda yaşiriniş uçun qoçmagan. Bu yolğon. Guaydo saylangan yetakçi hisoblanmaydi. Agar u bunday narsalar haqida gapirsa, bu uning Turkiyani bilmasligidan dalolatdir. Avval u-bu narsani örgansin. Davlat arbobi böliş oson iş emas”, deb aytgan Erdöğan NTV telekanaliga bergan intervyusida.