Yevropa Ittifoqi yetakçilarining Arab davlatlari ligasi va Yevropa Ittifoqining Misrdagi sammitida iştirok etişlari ularning nosamimiyligini körsatadi, deb aytdi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan.  

ADL-YeIning birinçi sammiti 24-25 fevral kunlari Misrning Şarm-aş-Şayx kurort şahrida bölib ötdi. Unda arab davlatlarining köpçilik va Yevropaning 20 ga yaqin yetakçisi iştirok etdi. 

“Yevropa Ittifoqi ölim jazosiga qarşi çiqmoqda, uning ijrosi unga a'zo davlatlarda taqiqlangan. Agar Yevropa Ittifoqi yetakçilari isyonçi as-Sisiy (Misr prezidenti Abdul Fattoh as-Sisiy) taklifi bilan ötgan hafta 9 nafar yoş qatl etilgan davlatda ADL-YeI sammitida iştirok etayotgan bölsa, Yevropada qanday qilib demokratiya haqida gapiriş mumkin?”, deb aytgan Erdöğan Girasun şahridagi nutqida.

Turkiya-Misr munosabatlari Misrda 2013 yilda sobiq prezident Muhammad Mursiy ağdarilib taşlanib, uning ortidan yuz bergan qonli töqnaşuvlardan keyin yomonlaşgan. Erdöğan misrlik harbiylarning Mursiy tarafdorlariga qarşi harakatlarini keskin qoralagandi. Ikki davlat 2013 yil avgustda öz elçilarini maslahatlaşuvlar uçun çaqirtirib olişgan. Noyabrda esa Misr Turkiya elçisini, Turkiya esa Misr elçisini non-grata deb e'lon qilgan.

Ötgan hafta, 20 fevralda Misr turmalar boşqarmasi 2015 yilda Misr boş prokurori Hişam Barakatning öldirilişiga aloqador bölgan 9 nafar ayblanuvçini qatl etdi.