Filippinda qizamiq epidemiyasidan yil boşidan kamida 203 kişi vafot etdi, 12,7 mingdan köproq kişi kasallandi. Bu haqda Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti rasmiy saytida e'lon qilingan bayonotda aytilgan.
Avvalroq 136 kişi vafot etgani va 8,4 ming kişi kasallangani ma'lum qilingan.
“Filippin soğliqni saqlaş vazirligi 2019 yil 1 yanvaridan 23 fevraligaça qizamiqdan 203 kişi ölgani va 12,7 mingdan köproq kişi kasallanganini qayd qilgan”, deyilgan bayonotda.
“Qizamiqdan kasallanganlarning yarmidan köpi 5 yoşdan kiçik, örtaça 2 yoşli bolalardir. Kasallanganlarning 63 foizi qizamiqdan emlanmagan bölgan, 19 foizi neça marta emlanganini bilmaydi, 16 foizi esa emlangan-emlanmaganini bilmaydi”, deyilgan xabarda.
Qizamiq ötkir yuqumli kasallik bölib, havo-tomçi yöli bilan ötadi. Uşbu kasallikni kamaytirişning asosiy omili emlaş hisoblanadi.












