«Özbekkonsert» tomonidan litsenziyadan mahrum bölgan aktrisa Halima Ibragimova va «Bravo» guruhi a'zolari Kun.uz muxbiriga berilgan intervyuda özbek xalqidan uzr söraşdi.

Halima Ibragimova san'atkorlar bilan ötkazib turiladigan şu turdagi suhbatlarda köp bölganini aytadi.

YouTube

Tas-IX

«Ogohlantirişlar faqat menga emas, boşqalarga ham bölgan. Men tomondan quyuşqondan çiqiş bölganini ham inkor etmayman. Tabiatim şunaqa. Tarbiyalaş maqsadida litsenziyamni olib qöyişdi. Men notöğri gapirib, kimningdir qalbini oğritgan bölsam, xalqimizdan, hammadan keçirim sörayman», deydi u.

Foto: Halima Ibragimova

«Bravo» guruhining a'zosi Otabek Mirzaxolov şunday deydi: «Bugungi davra suhbati – majlisda bildirilgan fikrlar örinli böldi, deb öylayman. Bu fikrlardan töğri xulosa çiqaraman. Biz kimnidir kamsitiş maqsadida bu işlarni qilmaganmiz. Konsertimizga yiğilgan odamlar kulişi uçun, sahnada qizişib ketib, özimizni boşqara olmay qoladigan holatlar bölgan. Uyatsiz sözlar işlatib, sahnada heç kimni sökkanimiz yöq. Beldan past hazillar qilmaganmiz. 

Foto: Otabek Mirzaxolov

Şu orqali kimningdir nafsoniyatiga tekkan bölsak, kimdir buni özi uçun haqorat deb qabul qilgan bölsa, men uzr sörayman. Tanqidiy fikrlardan töğri xulosa qilib, xalqimizga yoqadigan konsertlar qöyişga, ijod qilişga harakat qilamiz».