26 fevral ertalab Hindiston harbiy-havo kuçlari Kaşmirning Pokiston qismidagi “Jayş-a-Muhammad” guruhining yirik maşğulot lageriga zarbalar berdi. Havo hujumi oqibatida köplab jangarilar, ularga tegişli transport, qurol va öq-dori yöq qilingan. Hindiston taşqi işlar vaziri birinçi örinbosari Vijay Gokxale bu zarba zarur bölgani, çunki guruh Hindistonning turli hududlariga xudkuşlar iştirokida hujumlar tayyorlayotganini aytgan. Bundan taşqari, Pokiston öz hududida terrorçilar infratuzilmasini yöq qilişga qaratilgan heç qanday amaliy çoralar körmagan.        

ANI axborot agentligining ma'lum qilişiça, havo hujumi mahalliy vaqt bilan soat 03.30da 12 ta “Miraj 2000” qiruvçi samolyoti iştirokida amalga oşirilgan. Samolyotlar maşğulot lageriga har biri bir tonna keladigan bir neçta bomba taşlagan.    

Pokistonning fikriça, Hindiston tomonidan Kaşmirning Pokistonga qaraşli hududiga berilgan havo zarbasi mintaqaviy barqarorlikka tahdid qiluvçi tajovuz akti bölib, Islomobod bunga mos javob beradi. Bu haqda Pokiston taşqi işlar vazirligi bayonotida aytilgan. 

“Pokiston taşqi işlar vazirligining kotibi Hindistonning Islomoboddagi işonçli vakilini çaqirtirib, unga qat'iy tarzda Hindiston tomonidan tajovuz mintaqadagi tinçlik va barqarorlikka raxna solişi va Islomobod bunga öziga qulay vaqtda mos javob berişini aytgan”, deyilgan Pokiston taşqi işlar vazirligi bayonotida. 

Hindiston va Pokiston örtasidagi munosabatlar 14 fevralda xudkuş Hindistonning Jammu va Kaşmir ştatida politsiya kolonnasi oldida özini portlatgandan keyin keskinlaşdi. Hujum uçun javobgarlikni “Jayişi Muhammad” guruhi öz zimmasiga olgan. Nyu-Dehli ma'lumotlariga köra, guruh Pokiston hududida joylaşgan. Terakt oqibatida 45 kişi halok bölgan. Şundan keyin Hindiston Pokistonni terrorçilik tuzilmalarini qöllab-quvvatlaşda ayblagan. Islomobod bu ayblovlarni “asossiz” deb rad etgan va Nyu-Dehliga teraktni birgalikda tergov qilişni taklif qilgan.