Barselonada ötayotgan Mobile World Congress 2019 xalqaro körgazmasi sekin-asta yakuniga yetmoqda. Bu esa ba'zi yakunlarni e'lon qiliş vaqti kelganini anglatadi.

Nufuzli naşrlar jurnalistlari, aloqa operatorlari va soha vakillaridan iborat hakamlar hay'ati 2018 yilning eng yaxşi smartfonini e'lon qildi. Hay'at a'zolari Huawei Mate 20 Pro smartfonini ötgan yilning eng yaxşi smartfoni deb topişdi. 

Mutaxassislar mobil fotosuratçilik sifatini avvallari erişib bölmaydigan darajaga olib çiqqan xitoylik muhandislar tomonidan qilingan ulkan işni qayd qilib ötişgan. Ularning e'tiborini  smartfonning yuqori iş unumdorligi, suratlarni qayta işlaş tizimi va qayta quvvatlanişsiz uzoq vaqt işlay olişi, simsiz quvvatlaşdagi tatbiq qilingan innovatsion yeçimlar va dizayni tortgan. 

“Bu Huawei mobil telefoni MWC’ning eng oğir vazndagi xalqaro mukofotini qozonayotgan va Apple, Google, Samsung va boşqa brendlar qurilmalarini ortda qoldirayotgan birinçi holat emas”, deb izoh bergan Huawei kompaniyasining mobil qurilmalar qatori böyiça prezidenti Xe Gang.

Huawei ma'lumotlariga köra, kompaniyaning 2018 yilda iste'molçilik biznesidan olgan tuşumi 52 mlrd dollarni taşkil qilgan. Kompaniya ötgan yil davomida 206 million dona smartfon sotib, bu borada dunyoda 2-örinni egallagan. 

Eng yaxşi taqib yuriluvçi elektronika toifasida esa ğalaba Samsung Galaxy Watch soatlariga berildi.

2017 yilda eng yaxşi smartfon nomiga Apple’ning iPhone X smartfoni sazovor bölgandi.