Eron prezidenti Hassan Ruhoniy mamlakat Taşqi işlar vaziri Muhammad Javod Zarifning iste'fosini qabul qilmadi. Bu haqda Taşqi işlar vazirligi vakili Bahrom Qosimiy ma'lumotiga asoslangan holda «Press-TV» telekanali xabar tarqatgan.

«Eron prezidenti ma'muriyati rahbari bugun ma'lum qildiki, iste'fo qabul qilinmagan. Taşqi işlar vazirining instagramdagi postidan keyin berilgan turli şarhlar va taxminlar asossiz», degan Qosimiy.

Javod Zarif 26 fevral kuni instagramdagi sahifasi orqali lavozimni tark etayotganini yozgandi. U mamlakat fuqarolaridan öz faoliyatida yöl qöyilgan kamçiliklar uçun uzr söragan, jamoasini özi bilan birga işdan ketişga çaqirgandi.

Javod Zarif Eron taşqi işlar vazirligiga 2013 yildan beri rahbarlik qilib keladi. Aynan u 2015 yilda Barak Obama prezidentligi vaqtida yadroviy bitimni imzolagan. Keyingi yillarda u jahon arenasidagi taniqli şaxslardan biriga aylangan.

Xalqaro kuzatuvçilarning fikriça, uning iste'fo söraşi Eron rahbariyatida konservatorlar hamda islohot tarafdorlari örtasida qizğin kuraş ketayotganidan dalolat beradi.