Prezident Şavkat Mirziyoyev Töraqörğon tumanidagi Axsikent arxeologik yodgorlik majmuasini borib kördi. 

Axsikent eramizdan avvalgi III asrda taşkil topgan bölib, qadimgi Farğona davlatining poytaxti, Buyuk ipak yölining asosiy şaharlaridan biri bölgan. Tarixiy manbalarda, xususan, «Boburnoma»da bu kentning alohida ahamiyati haqida köp yozilgan. Qadimdan bu yerda yer osti suv inşooti bölgani bois mudofaa uçun qulay sanalgan.

Şahar Ark, içki va taşqi şahardan iborat bölgan. Bu yerda öz davrida şişasozlik, kulolçilik, temirçilik, qurolsozlik kabi hunarmandlik turlari rivojlangan. 1620 yilga kelib zilzila oqibatida ulkan şahar vayron bölgan.

Bugungi kunda xarobalarning 60 gektarga yaqin qismi saqlanib qolgan bölib, Farğona vodiysidagi eng katta arxeologik yodgorlikdir. Arxeologlar tomonidan temirçilar ustaxonasi, X-XIII asrlarga oid hammom qoldiqlari, askarlar xonalari, jome' masjidi, mudofaa devorlari, yer osti irrigatsiya tarmoqlari, hunarmandlar mahallasi, hukmdor qarorgohi – Ark qazib örganilgan.

Prezident topşiriğiga muvofiq 2017 yilda Axsikent tarixiy yodgorligini asrab-avaylaş va tadqiq etiş, uning haqqoniy tarixini yaratiş böyiça ulkan işlar boşlandi. «Axsikent» arxeologiya merosi obektini muhofaza qiliş va tadqiq etiş direksiyasi» davlat unitar korxonasi taşkil etildi. 

Mazkur yodgorlik Namangan viloyatining sayyohlik salohiyatini oşirişda muhim ahamiyatga ega. Yurtimiz va xorijdagi sayyohlik körgazmalarida qadimiy Axsikent haqida ham taqdimotlar ötkazilmoqda. Buning samarasida mahalliy va xorijiy sayyohlar örtasida tarixiy yodgorlikka qiziqiş ortmoqda. Hozirga qadar Belgiya, Avstriya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Rossiya, Eron, Pokiston, Hindiston kabi davlatlardan sayyohlar taşrif buyurgan. Qadamjoni tadqiq etiş, uning jozibadorligini va sayyohlar oqimini oşiriş maqsadida maxsus konsepsiya işlab çiqilgan. Ayni kunda şu asosda Farğona vodiysida içki turizmni rivojlantiriş çoralari körilmoqda.

Prezidentga Axsikent majmua boş rejasi, uning tadqiqot olib borilgan obektlari, hududda barpo etiladigan turistik majmua loyihasi haqida ma'lumot berildi.

Unga köra, bu yerda muzey taşkil etiladi. Axsikentning qadimiy dovruğini tiklaş maqsadida ramziy darvoza quriladi. Umarşayx Mirzo va Boburning Kamoliddin Behzod çizgan suratlari asosida ularning haykali bunyod etiladi. Sayyohlar uçun Sirdaryo böylab qayiqlarda sayr qiliş, tuyada köhna şaharni tomoşa qiliş imkoniyati yaratiladi.