Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Urgut tumanidagi “Ravotxöja” suv töğonida oğir vaznli yuk maşinalari harakatini taqiqlaş töğrisida”gi hujjat loyihasi joylaştirildi.
Hujjat Özbekiston Respublikasining “Gidrotexnika inşootlarining xavfsizligi töğrisida”gi Qonunning 5-moddasi, “Yöl harakati xavfsizligi töğrisida”gi Qonunning 9-moddalariga asosan Urgut tuman Ravotxöja” suv töğoni ustidan oğirligi 3 tonnadan yuqori bölgan transport vositalarining harakatlanişini taqiqlaş maqsadida qabul qilinadi.
Hujjat bilan “Zarafşon” magistral tizimidan foydalaniş boşqarmasi, viloyat IIB YXXB, viloyat Avtomobil yöllari hududiy boş boşqarmasi, viloyat Avtomobil yöllari hududiy boş boşqarmasi Samarqand köpriklardan foydalaniş unitar korxonasining Urgut tumanida joylaşgan “Ravotxöja” suv töğonida oğir vaznli yuk maşinalari harakatini taqiqlaş haqidagi takliflari ma'qullanişi mumkin.
Urgut tumanidagi “Ravotxöja” suv töğoni ustidan oğirligi 3 tonnadan yuqori bölgan transport vositalarining harakatlanişi taqiqlanadi.
Viloyat IIB YXXB (A.Nosirov)ga “Ravotxöja” suv töğonining kiriş va çiqiş joylariga oğir vaznli yuk avtotransport vositalarini ötişini taqiqlovçi yöl belgilarini örnatiş hamda tizimli nazorat örnatiş topşiriladi.
Mazkur qarorning ijrosini nazorat qiliş viloyat hokimining örinbosari A.Şukurov zimmasiga yuklanadi.












