Iroq poytaxti Bağdodda dunyodagi eng baland osmonöpar bino qurilişi rejalaştirilmoqda. Bu haqda Bağdod viloyati gubernatori Faloh al-Jazoiriy ma'lum qildi.
“Majmuaning qurilişi poytaxtda uy-joy muammosini hal qilişda yordam beradi va Iroqdagi bunday ilk obekt böladi. Biz ğoyani amalga oşirişni qöllab-quvvatlaymiz. Ilğor muhandislik brigadalari şakllantirildi, işlar uçun zarur şaroitlar yaratilgan va Bağdodning janubida quriliş uçun yer ajratilgan”, deb ma'lum qilgan gubernator.
Ayni vaqtda yangi loyiha haqida şu ma'lumki, u 1350 metr balandlikka ega 275 qavatli inşoot böladi. Loyihaning na arxitektori, na narxi, na muddatlari ma'lum qilingan. Agar ğoya amalga oşsa, Bağdoddagi yangi bino dunyo rekordçisi hisoblangan, Dubaydagi 828 metrlik “Burj-Halifa”ni ança ortda qoldiradi.

Bu loyiha Iroq hukumati Bağdodda yaqin yillarda amalga oşirişni rejalaştirayotgan yagona yirik loyiha emas. Rejalarda, jumladan, 100 ming tomoşabinga möljallangan stadionga ega sport şaharçasi barpo etiş bor. Bu qurilişga Saudiya Arabistoni homiylik qiladi.












