27 fevralda Hindiston va Pokiston harbiy aviatsiyasi örtasida yuz bergan havo jangida umumiy hisobda 32 ta harbiy samolyot iştirok etgan. Bu haqda NDTV telekanali ma'lum qildi.

Telekanal manbalari ma'lumotlariga köra, Hindiston harbiy-havo kuçlari jangda jami 8 ta qiruvçi samolyot – 4 ta Su-30MKI, 2 ta modernizatsiya qilingan Dassault Mirage 2000 va 2 ta MiG-21’ni qöllagan. Jang vaqtida MiĞlardan biri urib tuşirilgan. Bu Hindiston tomonidan rasman tan olingan.

Pokiston esa havoga 24 ta samolyot, jumladan 8 ta F-16, 4 ta Dassault Mirage III va 4 ta JF-17 Thunder samolyotini kötargan. Qolgan 8 ta samolyot guruhga hamrohlik qilib, faol harakatlar amalga oşirmagan.

Ma'lum qilinişiça, Pokiston samolyotlari Kaşmirdagi tutaşuv çiziği böylab joylaşgan harbiy obektlar yaqinidagi hududni bombardimon qilgandan keyin hind uçuvçilari tomonidan ta'qib qilingan. Hindiston aviatsiya bölimi komandiri Abxinandan Vartxaman R-73 raketasi bilan F-16’ga hujum qilgan, biroq uning MiG-21 samolyoti AIM-120 AMRAAM raketasi tomonidan zarbaga uçragan. Vartxaman katapulta qilgan, biroq pokistonliklar tomonidan qölga olingan. Pokiston uni qaytarişga va'da berdi.

Nyu-Dehlida, tafsilotlarga berilmay, hind aviatsiyasi raqib tomon samolyotlaridan birini urib tuşirganini ma'lum qilgan. Hind matbuotida ham urib tuşirilgan samolyot F-16 bölgani ma'lum qilingan, biroq Pokistonda 27 fevralda bu samolyotlar havo kötarilmagani aytilib, bu ma'lumot rad etildi.

Uşbu havo jangi Hindiston kuçlari 14 fevralda Jammu va Kaşmir ştatida amalga oşirilgan terakt uçun javobgarlikni öz zimmasiga olgan “Jayişi-Muhammad” guruhi lageriga zarba bergandan keyin yuz bergan. Terakt oqibatida 45 kişi halok bölgandi.