«Fulhem» boş murabbiyi Klaudio Raneri öz lavozimini tark etdi.
Klub rahbariyati «Sauthempton»ga (0:2) qarşi öyindagi mağlubiyatdan söng, mutaxassis bilan imzolangan şartnomani bekor qildi.
2015-16 yilgi mavsumda «Lester»ni tarixiy çempionlikka yetaklagan italiyalik mutaxassis keyingi mavsumdayoq qoniqarsiz natijalar tufayli iste'foga çiqarilgandi.
Keyinroq u Fransiya çempionatida «Nant» klubini boşqardi va muvaffaqiyatga erişa olmadi, klub mavsum yakunida töqqizinçi örinni egalladi hamda murabbiyni işdan böşatdi.
Raneri 2018 yil Angliyaga yana qaytdi, ötgan yil noyabrida Slavişa Yokanoviç örniga «Fulhem» boş murabbiyi sifatida tayinlandi. Uning qöl ostida jamoa 16ta öyin ötkazib, 3 ğalaba, 3 durang va 10 mağlubiyat qayd etib, 12 oçko jamğardi xolos.
Endi «Fulhem»ning sobiq yarimhimoyaçisi Skott Parker jamoani vaqtinçalik boşqarib turadi.
Biroz avvalroq, 25 fevral kuni Klaudio Ranerining sobiq jamoasi «Lester» Klod Pyuelni işdan böşatgaç, italiyalik mutaxassis qadrdon jamoasiga qaytişini taxmin qilgandi. Ammo 27 fevral kuni «Lester» Brendan Rodjyersni boş murabbiylikka taklif qildi, 28 fevral kuni Raneri işdan böşatildi.












