Italiyalik murabbiy Klaudio Raneri «Fulhem» boş murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda klub rasmiy saytida ma'lum qilingan.

London jamoasining sobiq ustozi Slaviş Yokanoviç qoniqarsiz natijalar ortidan işdan olingan. Klub APLning 12 turidan söng 9 oçko bilan jadvalning eng quyi poğonasini band etib turibdi.

«Öz an'analari va tarixiga ega «Fulhem»ni qabul qilib oliş men uçun katta şaraf. Bu jamoaning maqsadi heç qaçon faqat Premer-ligada jon saqlab qolişgina bölişi kerak emas. Biz doimiy xavfli raqibga aylanişimiz va muvaffaqiyatlarga erişişimiz kerak», - deb aytib ötgan Raneri.

67 yoşli murabbiy bunga qadar «Napoli», «Valensiya», «Atletiko», «Çelsi», «Yuventus», «Inter», «Roma», «Monako» va «Lester Siti» kabi jamoalardagi faoliyati bilan jamoatçilik nazariga tuşgan. U 2015/16 yillar mavsumida «Lester»ni Angliya çempionligi sari boşlab borgan edi. Öşa yili Raneri FIFA talqiniga köra yilning eng yaxşi murabbiyi deb tan olingan.