O‘z his-tuyg‘ularini tushunish va ularni boshqara olish – aqlli odamlargagina xos xislat. Ular kek saqlashmaydi, vaziyatni “ushlab turishmaydi” va yo‘llarida davom etishga shay. Bunday kishilarning baxt retsepti nafaqat ularning harakatida, balki ular tomonidan bajarilmaydigan ishlarda ham namoyon bo‘ladi.
Bunday odamlarning muvaffaqiyati nimaga bog‘liq ekanini tushunish mushkul. Ular chetlab o‘tadigan harakatlarni sezish va xulosalar chiqarish ancha oson.
1. Tejash imkoniyatini qo‘ldan boy berishmaydi

Mablag‘larini boshqarish qobiliyati – aqlli kishilarga xos xislatlardan biri. E’tibor qaratish kerak bo‘lgan detallar talaygina.
Filtrli qo‘shimcha kranni o‘rnatish butilkalardagi tozalangan suvni xarid qilish zaruriyatidan xalos etadi. Yangi kartridj sotib olish o‘rniga uning bo‘yog‘ini yangilash – yana bir investitsiya.
Haqini to‘lab bo‘lingan narsalardan maksimal darajada foyda olishni bilish muhim.
2. O‘zgalarga tashlab qo‘yishmaydi

Hayotingizda suyanishingiz mumkin bo‘lgan insonlarning borligi yaxshi. Biroq doimiy ravishda atrofdagilarga suyanish sizni kuchsiz odamga aylantiradi. Aql va qobiliyatga egasiz. Biroq atrofdagilardan yordam kutib o‘tirsangiz, shaxsiy xislatlaringizni ishga sola olmaysiz.
Murakkab vazifani bajarish qo‘lingizdan kelmaydimi? Bu haqida yaxshilab o‘ylab ko‘ring. Biror narsani noto‘g‘ri bajarishdan qo‘rqish, yomonroq qilish, qo‘ldan kelmaslik, bularning barining ortida muammolaringiz yechimi turibdi.
3. Ularga yoqmagan narsalarga rozilik bildirishmaydi

“Yo‘q” so‘zi – kuchli instrument. Undan foydalanishni bilish kerak. Agar zimmangizga yangi majburiyatlarni olishni rad etsangiz, o‘zingizda mavjud bo‘lganlarini yaxshiroq bajarishga muvaffaq bo‘lasiz. “Yo‘q” deyish ko‘nikmasi – sizning noto‘g‘ri tanlovdan sug‘urtangiz.
Qadringizni biling. O‘zingizga yoqmagan narsalarga rozilik bildirmang. Aks holda odamlar sizning rad etolmasligingizdan foydalana boshlaydilar.












