Mudofaa vazirligi toğ tayyorgarligi öquv maşqlari markazida navbatdagi 45 kunlik öquv-yiğin maşğulotlari ötkazildi. Yiğinning 70-80 foizi amaliy maşğulotlardan iborat bölib, öta murakkab maşqlar real vaziyatlarga yaqinlaştirilgan holda olib borildi. Bu haqda Kun.uz’ga Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Ob-havo injiqliklari Ugom-Çotqol toğ tizmasida ötkazilgan amaliy maşqlarga yana ham noqulay holatlarni keltirdi. Kunduzi harorat 4-6 daraja sovuq, tungi paytlarda esa 20  gradusgaça pasaydi. Ana şunday ob-havo şaroiti, buning ustiga tizzadan oşadigan qorda harakatlaniş harbiy xizmatçilarning jismoniy va ruhiy tayyorgarligini tekşiriş uçun jiddiy sinovga aylandi. 

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Maşğulotlar davomida harbiy xizmatçilar çanği va otiş tayyorgarligi,  toğli hududda daryo, jarlik, qoyalar va şu kabi tösiqlardan oşib ötişda bir qator usul va uslublardan foydalanişdi. Yiğin davomida ular tabiiy toğ tösiqlaridan ötiş maşqini bajardi. 

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Dengiz sathidan 2500-3000 metr balandlikdagi toğ çöqqilarida şartli qurollangan jangarilar guruhini aniqlaş va yöq qiliş mavzusida taktik öquvlari ötkazildi.  

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Uşbu maşğulotlar bölinmalar örtasida hamkorlikni ta'minlaş, harbiy xizmatçilarning öta murakkab vaziyatlarda yaşovçanlik könikmalari hamda jangovar şayligini muntazam oşirib borişga xizmat qiladi, deyiladi xabarda. 

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati