Afğoniston janubida kuçli yomğirlar oqibatida yuz bergan toşqinlar sababli 20 kişi, jumladan bolalar halok böldi, 10 kişi bedarak yöqolgan deb hisoblanmoqda. Bu haqda BMTning gumanitar faoliyatni muvofiqlaştiriş boşqarmasi xabar qildi.

Boşqarma ma'lumotlariga köra, 1 mart kuni Qandahor viloyatida kuçli yomğirlar qayd qilingan. Oxirgi 30 soat içida bu yerga 97 millimetr yoğingarçilik tuşgan.

Bundan taşqari, infratuzilmalarga jiddiy zarar yetgan. Qandahor şahrining özida 600 ga yaqin uy vayron bölgan. Jabrlanuvçilar xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilingan.