Xalqaro futbol uyuşmalari kengaşi (IFAB) Şotlandiyaning Aberdinida ötgan yiğilişda futbol qoidalarining yangi tahririni tasdiqladi. Bu haqda taşkilot matbuot xizmati ma'lum qildi.
Birinçi navbatda töpga qöl bilan öynaş holatiga aniqlik kiritilgan. Yangi tahrirga köra, endilikda golli uzatma beriş yoki gol urilişi bilan tugagan töpga qöl bilan öynalgan holatda töpga ataylab tegilmagan bölsa ham, gol hisobga olinmaydi va futbolçi ehtiyotsizlik uçun jazolanadi.
Ikkinçi özgariş — almaştirilayotgan futbolçi maydonni unga eng yaqin joyidan tark etişidan iborat. Avval futbolçilar butun maydon orqali texnik hududga boriş kerak bölgan. Bu özgariş ataylab vaqtni çözmaslik maqsadida kiritildi.
Uçinçidan, jamoa vakillariga sportga xos bölmagan xatti-harakatlar uçun sariq va qizil kartoçkalar körsatilişi bilan boğliq qoidalar aniqlaştirildi. Şuningdek, töp darvozadan öyinga kiritilganda unga himoyaçi tegişidan oldin jarima maydonini tark etişi lozimligi qoidasi bekor qilindi.
Qoidalar içida eng ahamiyatlisi — jarima zarbasini amalga oşiriş vaqtida jonli devor hosil qilinişi bilan boğliqdir. Endilikda hujum qilayotgan jamoa futbolçilariga jarimani amalga oşiriş vaqtida raqib jamoa futbolçilariga xalaqit qiliş va töp uçun oçiq joy qoldiriş maqsadida jonli devorga turiş taqiqlanadi. AP naşri xabarida aniqlik kiritilişiça, hujum qilayotgan jamoa futbolçilariga jonli devorga 1 metrdan yaqinroq masofada turiş taqiqlanadi.
Şuningdek, penalti amalga oşirilişi vaqtida darvozabonlarga bir oyoqlarini darvoza çiziğida uşlab turişlari kifoya qiladi. Avval bunday holatda darvozabonlar ikki oyoqlarini çiziq ustida uşlab turişi talab etilgan.
Yangi qoidalar 2019 yil 1 iyundan kuçga kiradi.












