IFAB (Xalqaro Futbol Assotsiatsiyalari Kengaşi) mart oyi boşida Aberdindagi yiğilişida futbol qoidalarida bir qator özgartirişlar kiritgandi. Özgarişlar şu yilning 1 iyunidan amal qilişi közda tutilgan. Demak, boşlanadigan barça musobaqalar yangi qoida böyiça ötkaziladi. E'tiboringizga, diqqatga molik özgarişlar haqida ma'lumot havola qilamiz.
JONLI DeVOR
Jarima zarbasi belgilanganida, agar himoyalanuvçi tomon uç nafar va undan ortiq futbolçidan iborat jonli devor hosil qiladigan bölişsa, raqib ularga xalaqit beriş uçun öz futbolçilarini jonli devorga qöşa olmaydi. Hujumçilar jonli devordan kamida bir metr masofada bölişlari va unga xalaqit bermasliklari lozim.
Uşbu özgariş jarima zarbasi ijro etilganda turli ziddiyatlar va natijada töxtalişlarni oldini oliş maqsadida kiritilmoqda.
GOLNI NIŞONLAŞ
Agar golni urgan futbolçi uni nişonlaşda qoidani buzsa (masalan, futbolkani yeçiş), keyinçalik uşbu gol hisobga olinmagan taqdirda ham sariq kartoçka bilan jazolanadi.
TÖPNI ÖYINGA KIRITIŞ
Töp darvoza oldidan erkin zarba bilan öyinga kiritilayotganda, u jarima maydonini tark etişi şart emas. Endi himoyaçi töpni jarima maydoni içida qabul qilib olişi va hujumni boşlaşi mumkin. Öz navbatida, raqib hujumçilari bu paytda, ya'ni töp himoyaçi tomonidan qabul qilingunça, jarima maydoniga kirmay turadi.
Aytilişiça, bu pressingni qiyinlaştiradi va öyin tempi oşişiga olib kelişi mumkin. Çunki, raqibning pressingidan qörqib, töpni uzoqqa tepib yuboriş holatlari kuzatilardi, endi himoyaçilar yerdan öz jamoasi hujumini boşlaşda köproq imkoniyatga ega bölişadi.
QÖL BILAN ÖYNAŞ
Endi har qanday alfozda, agar töp qölga tegib, raqib darvozasiga kiritilsa, gol hisobga olinmaydi. Endi bunday holatlarda ataylab yoki bexosdan qölga tegiş sifatida ajratilmaydi. Bunday vaziyatlarni aniqlaşda, VAR’ning örni juda katta bölişi kutilmoqda.
ÖYINÇI ALMAŞTIRIŞ
Almaştirilayotgan futbolçi endi öziga yaqin bölgan yon çiziqdan maydonni tark etaveradi. U zaxira örindiği joylaşgan va yangi futbolçi tuşayotgan nuqtadan maydonni tark etişi lozim bölmaydi. Tabiiyki, bu öyin vaqtini çöziş holatlari uçun kuraş sifatida baholanmoqda.












