Özbekiston Respublikasi boş prokurori örinbosari Raşid Rahmatov Namangan viloyatiga prokuror etib tayinlandi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar qilmoqda.
U prezidentning Namangan viloyatiga taşrifi davomida faoliyatida yöl qöygan kamçiliklari uçun lavozimidan ozod qilingan Uluğbek Toşev örnida iş boşlaydi.
R.Raxmatov 1978 yilda tuğilgan, ma'lumoti oliy, huquqşunos. 2004 yilda Toşkent davlat yuridik institutini tamomlagan.
Prokuratura organlaridagi iş faoliyatini 2004 yilda Navoiy şahar prokuraturasida boşlab, Navoiy viloyati prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda, 2009 yildan Boş prokuratura boşqarma prokurori, katta prokurori, Buxoro şahar prokurori, Boş prokuratura boşqarma boşliği örinbosari, boşqarma boşliği lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2017 yilning noyabrida Qoraqalpoğiston Respublikasi prokurori lavozimida iş boşlagan, 2018 yilning noyabrida Özbekiston Boş prokurorining qişloq xöjaligi böyiça örinbosari lavozimiga tayinlangandi.












