AQŞ qurolli kuçlarining Yevropa qömondonligiga kiruvçi Amerika qöşinlari Isroilda THAAD (Terminal High Altitude Area Defense) raketalardan mudofaa kompleksini (RMK) joylaştirdi. Bu haqda TsAXAL xabar bermoqda.

Bunday joylaştirişning maqsadi «Isroil harbiy havo kuçlarining havo hujumidan mudofaa tizimlari bilan imkoniyatlar va salohiyatni bir vaqtda mustahkamlaş orqali, butun dunyo böylab murakkab tizimlarni tezlik bilan joylaştiriş qobiliyatiga örgatiş».

The Drive naşrining qayd etişiça, Isroilda THAAD’ning joylaştirilişi Eron tomonidan raketa tahdidi ortib borayotgani bilan boğliq.

THAAD yer ustida joylaştiriluvçi RMK örta masofaga uçadigan raketalarni atmosferadan yuqorida tutib olişga möljallangan. Obektlarni aniq nişonga oliş kinetik tutib oliş yöli bilan amalga oşiriladi. THAAD’ning eng asosiy işlab çiquvçisi - Amerika harbiy-sanoat kompaniyasi. Tizim 2008 yildan buyon seriyali tarzda çiqariladi.