Yer töğrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uçun javobgarlik kuçaytirildi
|16:08 / 05.03.201925 81210 min
Foto: FotoliaFoto: Fotolia
Özbekiston Respublikasi prezidenti «Yer töğrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uçun javobgarlik çoralari kuçaytirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi qonunni imzoladi. Hujjat matni ÖzA tomonidan keltirilgan.
Qonun Qonunçilik palatasi tomonidan 2019 yil 22 fevralda qabul qilingan, Senat tomonidan 2019 yil 28 fevralda ma'qullangan.
Hujjat bilan Özbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2012–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Özbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga quyidagi qöşimçalar kiritilmoqda:
quyidagi mazmundagi 197-1-modda bilan töldirildi:
«197-1-modda. Suğoriladigan yerlarni özboşimçalik bilan egallab olişga yöl qöymaslik böyiça çoralar körmaslik
Suğoriladigan yerlarni özboşimçalik bilan egallab olişga yöl qöymaslik böyiça yer egasi, yerdan foydalanuvçi yoki ijaraçi tomonidan çoralar körmaslik, şunday qilmiş uçun ma'muriy jazo qöllanilganidan keyin sodir etilgan bölsa, –
eng kam oylik iş haqining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigaça miqdorda jarima yoki uç yuz oltmiş soatgaça majburiy jamoat işlari yoki ikki yilgaça axloq tuzatiş işlari yoxud bir yildan uç yilgaça ozodlikni çeklaş yoki uç yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.
Öşa qilmiş:
a) takroran;
b) bir guruh şaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bölsa, –
eng kam oylik iş haqining bir yuz ellik baravaridan uç yuz baravarigaça miqdorda jarima yoki ikki yildan uç yilgaça axloq tuzatiş işlari yoxud uç yildan beş yilgaça ozodlikni çeklaş yoki uç yildan beş yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.
Birinçi marta jinoyat sodir etgan şaxs, agar u özboşimçalik bilan egallangan yer uçastkasining qaytarilişini ta'minlasa hamda özboşimçalik bilan egallab olişning oqibatlarini bartaraf qilsa, javobgarlikdan ozod etiladi»;
quyidagi mazmundagi 229-4-modda bilan töldirildi:
«229-4-modda. Yer beriş tartibini buziş
Mavzuga oid
Yer beriş tartibini buziş, şunday harakat uçun ma'muriy jazo qöllanilganidan keyin sodir etilgan bölsa, –
eng kam oylik iş haqining bir yuz ellik baravaridan uç yuz baravarigaça miqdorda jarima yoki ikki yilgaça axloq tuzatiş işlari yoxud muayyan huquqdan mahrum qilib, bir yildan uç yilgaça ozodlikni çeklaş yoki uç yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.
Öşa harakat:
a) takroran sodir etilgan bölsa;
b) suğoriladigan yerlarning qişloq xöjaligi oborotidan çiqişiga sabab bölsa, – eng kam oylik iş haqining uç yuz baravaridan olti yuz baravarigaça miqdorda jarima yoki ikki yildan uç yilgaça axloq tuzatiş işlari yoxud muayyan huquqdan mahrum qilib, uç yildan beş yilgaça ozodlikni çeklaş yoki uç yildan beş yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi».
Özbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2013–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Özbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi 345-moddasining ikkinçi qismi quyidagi tahrirda bayon etildi:
«Jinoyat kodeksining 97–103-1, 108, 116, 141–149, 175, 180–181-1-moddalarida, 184-moddasi uçinçi qismida, 186-moddasi ikkinçi, uçinçi va törtinçi qismlarida, 192-1–192-11, 197-1, 205–212, 215, 218–221, 229-4, 230, 231-moddalarida, 232-moddasi ikkinçi qismida, 233–236, 241-1–242, 265-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir işlar böyiça, şuningdek qonunda körsatilgan ayrim toifadagi mansabdor şaxslarning jinoyatlariga doir işlar böyiça dastlabki tergov prokuratura organlarining tergovçilari tomonidan olib boriladi».
Özbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2015–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Özbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga quyidagi özgartiş va qöşimçalar kiritildi:
60-modda:
dispozitsiyasidagi «xuddi şuningdek yer uçastkalarini özboşimçalik bilan egallab oliş» degan sözlar çiqarib taşlandi;
quyidagi mazmundagi ikkinçi va uçinçi qismlar bilan töldirildi:
«Yer uçastkalarini özboşimçalik bilan egallab oliş, –
fuqarolarga eng kam iş haqining ön baravaridan ön beş baravarigaça, mansabdor şaxslarga esa – yigirma baravaridan öttiz baravarigaça miqdorda jarima solişga yoki ön beş sutkagaça ma'muriy qamoqqa olişga sabab böladi.
Uşbu moddaning ikkinçi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni birinçi marta sodir etgan şaxs, agar u özboşimçalik bilan egallangan yer uçastkasining qaytarilişini ta'minlasa hamda özboşimçalik bilan egallab olişning oqibatlarini bartaraf qilsa, javobgarlikdan ozod etiladi»;
quyidagi mazmundagi 60-1-modda bilan töldirildi:
«60-1-modda. Suğoriladigan yerlarni özboşimçalik bilan egallab olişga yöl qöymaslik böyiça çoralar körmaslik
Suğoriladigan yerlarni özboşimçalik bilan egallab olişga yöl qöymaslik böyiça yer egasi, yerdan foydalanuvçi yoki ijaraçi tomonidan çoralar körmaslik, –
fuqarolarga eng kam iş haqining ön baravaridan ön beş baravarigaça, mansabdor şaxslarga esa – yigirma baravaridan öttiz baravarigaça miqdorda jarima solişga yoki ön beş sutkagaça ma'muriy qamoqqa olişga sabab böladi»;
68-modda:
birinçi qismining sanksiyasidagi «uçdan bir qismidan bir baravarigaça», «bir baravaridan uç baravarigaça» degan sözlar tegişinça «bir baravaridan uç baravarigaça», «uç baravaridan beş baravarigaça» degan sözlar bilan almaştirildi;
ikkinçi qismining sanksiyasidagi «bir baravaridan uç baravarigaça», «uç baravaridan yetti baravarigaça» degan sözlar tegişinça «uç baravaridan beş baravarigaça», «yetti baravaridan ön baravarigaça» degan sözlar bilan almaştirildi;
quyidagi mazmundagi 68-1-modda bilan töldirildi:
«68-1-modda. Yer uçastkasiga bölgan huquqni röyxatdan ötkaziş uçun öz vaqtida murojaat etmaslik
Köçmas mulkka bölgan huquqlarni davlat röyxatidan ötkazişni amalga oşiruvçi organga yer uçastkasiga bölgan huquqni röyxatdan ötkaziş uçun öz vaqtida murojaat etmaslik, –
fuqarolarga eng kam iş haqining bir baravaridan uç baravarigaça, mansabdor şaxslarga esa – uç baravaridan beş baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab böladi»;
Özbekiston Respublikasining 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan 598–I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Özbekiston Respublikasining Yer kodeksi quyidagi mazmundagi 49-1-modda bilan töldirildi:
«49-1-modda. Tajriba-işlab çiqariş, öquv, öquv-tajriba va öquv-işlab çiqariş xöjaliklari, ilmiy-tadqiqot va boşqa qişloq xöjalik muassasalari va taşkilotlariga yer uçastkalarini beriş
Tajriba-işlab çiqariş, öquv, öquv-tajriba va öquv-işlab çiqariş xöjaliklari, ilmiy-tadqiqot va boşqa qişloq xöjalik muassasalari va taşkilotlariga qişloq xöjaligiga möljallangan yerlar doimiy foydalaniş, muddatli (vaqtinça) foydalaniş yoki ijara huquqi asosida ilmiy-tadqiqot va ta'lim maqsadlari, tovar qişloq xöjaligini yuritiş va ilğor tajribani tarğib qiliş uçun beriladi.
Tajriba-işlab çiqariş, öquv, öquv-tajriba va öquv-işlab çiqariş xöjaliklari, ilmiy-tadqiqot va boşqa qişloq xöjalik muassasalari va taşkilotlari yer uçastkalarini ijaraga yoki ikkilamçi ijaraga beriş huquqiga ega emas.
Tajriba-işlab çiqariş, öquv, öquv-tajriba va öquv-işlab çiqariş xöjaliklari, ilmiy-tadqiqot va boşqa qişloq xöjalik muassasalari va taşkilotlariga berilgan, qişloq xöjaligiga möljallangan yerlarda imoratlar va inşootlar qurişga Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga köra alohida hollarda yöl qöyiladi».
Özbekiston Respublikasining 2007 yil 25 dekabrda qabul qilingan ÖRQ–136-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Özbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga quyidagi özgartiş va qöşimçalar kiritildi:
84-modda:
yettinçi qismi quyidagi tahrirda bayon etildi:
«Yer resurslarini hisobga olişni amalga oşiruvçi organlar yer uçastkasiga bölgan huquqi yuzaga kelgan (tugatilgan) şaxslarni körsatgan holda yer uçastkasiga bölgan huquq berilganligi (tugatilganligi) töğrisida, şuningdek yer uçastkasiga bölgan huquqni tasdiqlovçi hujjatsiz yoki hujjatda körsatilganiga nisbatan katta hajmdagi yer uçastkalaridan foydalanilganlik va yer uçastkasiga bölgan egalik qiliş, foydalaniş, ijara va mulk huquqining röyxatdan ötkazilmaganligi hollari haqida yer uçastkasi joylaşgan yerdagi davlat soliq xizmati organlariga mazkur hollar aniqlangan kundan e'tiboran ön kunlik muddatda ma'lum qilişi şart»;
quyidagi mazmundagi sakkizinçi qism bilan töldirildi:
«Yer resurslarini hisobga olişni amalga oşiruvçi va (yoki) baholovçi organlar har bir qişloq xöjaligi mahsulotini işlab çiqaruvçi böyiça qişloq xöjaligi yerlarining normativ qiymati töğrisida Özbekiston Respublikasi Davlat soliq qömitasiga har yili yanvar oyining birinçi ön kunligida, yil davomida normativ qiymat özgargan taqdirda, qişloq xöjaligi yerlarining normativ qiymati aniqlangan kundan e'tiboran ön kunlik muddatda elektron şaklda axborot taqdim etadi»;
329-moddaning birinçi qismi quyidagi mazmundagi 37-band bilan töldirildi:
«37) Özbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qömitasi, uning joylardagi organlari – yer töğrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi bilan boğliq da'volar böyiça»;
330-moddaning birinçi qismi quyidagi mazmundagi 23-band bilan töldirildi:
«23) Özbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qömitasi, uning joylardagi organlari – yer töğrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi bilan boğliq da'volar böyiça».
Ma'lumot uçun: uşbu qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran uç oy ötgaç kuçga kiradi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi