Afğoniston janubida oxirgi bir neça kun kuçli yomğirlar va toşqinlar sababli 60 ga yaqin odam halok böldi, 140 dan köproq jarohat oldi. Bu haqda Afğonistonning tabiiy ofatlarni bartaraf etiş boşqarmasi davlat vaziri Najib Hakimga iqtibos keltirgan holda Tolo News telekanali ma'lum qildi. 

Vazirning ta'kidlaşiça, Qandahor, Zabul va Farah viloyatlarida minglab jabrlangan oilalarga şoşilinç yordam körsatilgan.

Avvalroq Afğonistonning 8 ta viloyatida 1 martdan boşlab kuçli yomğirlar va toşqinlar kuzatilayotgani ma'lum qilingandi. Tabiiy ofatdan mamlakat infratuzilmasi, jumladan, maktablar, köpriklar, masjidlarga ham talofat yetgan.