Fransiyaning Bugatti avtomobilsozlik kompaniyasi özining 110 yillik yubileyiga dunyodagi eng qimmatbaho avtomobil – La Voiture Noire modelini 5 martda boşlangan Jyenevadagi avtosalonda taqdim qildi. Bu haqda kompaniyaning rasmiy saytida ma'lum qilindi.


Giperkarning narxi 11 mln yevroni taşkil qiladi. U yagona nusxada işlab çiqarilgan bölib, öz xaridorini topib böldi. Avtomobil egasining ismi oşkor qilinmagan.
Yangi model kompaniya asosçisi Jan Bugattining öğli 1936 yilda işlab çiqqan Bugatti Type 57 SC Atlantic kupesining zamonaviy nusxasi hisoblanadi.

“Biz qadimiy an'analar, Fransiya va Jan Bugatti ijodiga hurmat bajo keltiramiz. Şu bilan birga biz noyob texnologiyalar, nafosat va aqlbovar qilmas haşamatni yangi davrga köçirmoqdamiz”, deb aytgan Bugatti prezidenti Stefan Vinkelmann.
Maşina 8 litrli, 16 silindrli dvigatel bilan jihozlangan. Uning quvvati 1500 ot kuçini taşkil qilişi aytilgan, 100 km/soat tezlikka 2 soniyadan sal köproq vaqtda erişadi.














