Forbes jurnali 5 mart kuni 2019 yilda dunyodagi eng boy odamlar röyxatini e'lon qildi.
21 yoşli Kayli Jyenner eng yoş milliarderga aylandi. Şuningdek, u bir vaqtning özida tarixdagi eng yoş self-made (öz boyligiga özi erişgan) deb topilib, Mark Tsukerbergning rekordini yangiladi (u milliarderga aylanganida 23 yoşda bölgan).
Jyennerdan keyingi örinni opa-singil Andresenlar egalladi - Aleksandra (22 yoş) va Katarina (23 yoş). Ular 1778 yilda taşkil etilgan oilaviy biznesning merosxörlari hisoblanadi va şuning uçun self-made toifasiga kirmaydi. Ularning boyligi 1,4 milliard dollarga baholanmoqda.
Umuman olganda, sakkiz nafar eng yoş milliarderdan uç nafari (30 yoşgaça) öz boyligiga özi erişgan. Jyennerdan taşqari, bu Stripe asosçilaridan biri, 28 yoşli Jon Kollison va uning tengdoşi, Snapchat asosçisi Evan Şpigel. Ikkalasi ham 2,1 milliard dollarga ega.
Top-8 quyidagi körinişga ega:
Ism | Yoş | Kompaniya | Davlat | Puli AQŞ dollarida (mlrd ) |
Kayli Jyenner | 21 | Kylie Cosmetics | AQŞ | 1 |
Aleksandra Andresen | 22 | Ferd |












