Pokiston olimpiya terma jamoasi 22-26 mart kunlari Toşkentda ötadigan Osiyo çempionati saralaş bahslarida iştirok etmaydigan böldi, deb xabar bermoqda ÖFA.

Xabarda Pokiston tomonining ayni qarorga kelişi sabablari körsatilmagan, ammo buni saralaşning «F» guruhida Hindiston OTJ ham örin olgani bilan izohlaş mumkin. Sönggi vaqtlarda uşbu ikki mamlakat örtasidagi harbiy-siyosiy taranglik keskinlaşgan.

Guruhdan Pokiston va Hindistondan taşqari, Tojikiston va mezbon Özbekiston olimpiya termalari ham joy olgandi. Bir iştirokçi kamayişi munosabati bilan musobaqa taqvimi quyidagiça köriniş olgan:

22 mart, 17:00
Özbekiston - Hindiston

24 mart, 17:00
Tojikiston - Hindiston

26 mart, 17:00
Özbekiston - Tojikiston

Barça uçraşuvlar «Paxtakor» markaziy stadionida bölib ötadi. Guruh ğolibi, şuningdek, barça guruhlarda eng yaxşi körsatkiçga ega ikkinçi örin sohiblaridan 4tasi 2020 yil yanvarida Tailandda ötadigan Osiyo çempionati final bosqiçiga yöl oladi. Uşbu musobaqada eng yuqori örinni olgan uçta terma jamoa Tokio Olimpiadasi yöllanmasini qölga kiritadi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Lyubinko Druloviç boşçiligidagi Özbekiston olimpiya termasi dastlab Ispaniyada, söng Turkiyada ötkazilgan xorij yiğinlarini yakunlab, Toşkentga qaytib kelgani xabar qilingandi.