Özbekiston sobiq prezidentining qizi Gulnora Karimova va MTSning Özbekistondagi şö'ba korxonasi - «Uzdunrobita» sobiq boş direktori Behzod Ahmedov AQŞda pul yuviş va 865 million dollar miqdorida pora olişda ayblanmoqda. Bu haqda Nyu-York Janubiy okrugi prokuraturasi xabar berdi, deb yozyapti RIA Novosti.

«Bugun Özbekiston sobiq rasmiy vakili, Özbekiston sobiq rahbarining qizi Gulnora Karimova va Rossiyadagi eng yirik telekommunikatsiya kompaniyasi - «Mobilniye TeleSistemi» («MTS»)ning Özbekistondagi şö'ba korxonasi «Uzdunrobita» sobiq boş direktori Behzod Ahmedovga nisbatan jinoiy iş oçilgani haqida e'lon qilindi», - deyiladi xabarda.

Qayd etilişiça, jinoiy iş «xorijiy korrupsiya amaliyotlari töğrisidagi qonun tarixida eng yirik holat» yuzasidan oçilgan.

Prokuraturaning taxminiça, Karimovaga hammasi bölib 865 million dollar tölab berilgan.

Boş prokuror yordamçisi Brayn Bençkovskiyning sözlariga köra, Gulnora Karimova uçta telekommunikatsiya kompaniyasidan 865 million dollar miqdorida pora oliş va keyinçalik bu poralarni AQŞ moliya tizimi orqali yuviş uçun öz rasmiy mavqeidan foydalanişda ayblanmoqda. 

MTS’dan taşqari, matnda Vimpelcom LTD (Bilayn) hamda Telia Company AB (Telia) haqida söz yuritilgan.

Rossiyaning MTS mobil operatori AQŞning qimmatbaho qoğozlar va birjalar komissiyasi va adliya vazirligi bilan Özbekistondagi sobiq şö'ba korxonasi atrofidagi tergov yuzasidan kelişuv tuzdi va bu kelişuv doirasida 850 mln dollarlik jarima tölaydi. 

2015 yil bahorida AQŞ adliya vazirligi Niderlandiya prokuraturasi bilan birgalikda Vimpelcom, MTS va TeliaSonera kompaniyalarining Gulnora Karimova bilan aloqasi borligi ta'kidlanadigan Takilant kompaniyasi bilan bitimlari yuzasidan tergov boşlagan. Öşa yil avgustida AQŞ hukumati Yevropaning 5 ta davlatiga uşbu iş böyiça bir mlrd dollarlik aktivlarni muzlatib qöyiş iltimosi bilan murojaat qilgan.

Tergov versiyasiga köra, aloqa operatorlari korrupsiyaviy sxema yordamida Gulnora Karimova bilan boğliq tuzilmalarga Özbekiston bozoriga çiqiş, çastotalar oliş va boşqa bitimlarni amalga oşiriş huquqi evaziga yuzlab million dollar ötkazişgan. 2016 yilda Vimpelcom uşbu iş doirasida 795 mln dollar tölab bergan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Gulnora Karimova umumiy tartibli koloniyaga ötkazilgandi