Ukraina markaziy saylov komissiyasi mamlakat prezidenti lavozimiga nomzodlarning yakuniy röyxatini tasdiqladi. Prezident saylovlarida umumi hisobda 39 nomzod iştirok etadigan böldi.
“Ovoz beriş byulleteni saylovlar kuni 39 nomzodning familiyalarini öz içiga oladi”, deb aytilgan xabarda.
Şuningdek, byulletenlarda barça nomzodlar haqida ma'lumot böladi.
Avvalroq 5 nomzod saylovlarda iştirok etişdan boş tortgani ma'lum qilingan. 7 mart nomzodlar saylovlarda iştirok etişdan boş tortişlari mumkin bölgan oxirgi kun bölgan.
Saylovlar 31 mart kuni bölib ötadi.
Sörovnomalarga köra, nomzodlar reytingida şoumen Vladimir Zelenskiy yetakçilik qilmoqda, 2- va 3-örinlarni Ukraina prezidenti Petr Poroşenko va sobiq boş vazir Yuliya Timoşenko egallamoqda.













