Germaniya vazirlar mahkamasi a'zolari hukumat samolyotlari tez-tez buzilib qolayotgani sababli tijorat reyslarida parvoz qilişga ötkaziladi. Bu haqda Spiegel xabar bermoqda.

Naşr ma'lumotiga köra, kansler, prezident, şuningdek, Içki işlar vazirligi va Taşqi işlar vazirligi rahbarlari oq VIP-laynerlardan foydalanişda davom etadilar. Şu bilan birga, mamlakat kansleri Angela Merkel va federal prezident Frank-Valter Ştaynmayyerga parvozlar vaqtida buziliş yuz bersa, foydalaniş mumkin bölgan zaxira laynerlar hamrohlik qiladi.

Bundan oldin, Afrikada Germaniya hukumatining samolyoti işdan çiqqandi.

Xususan, havo kemasi dvigatelida nosozlik yuzaga kelişi oqibatida Germaniya iqtisodiy hamkorlik işlari böyiça vaziri Gerd Myuller Malavidan Zambiyaga uçib keta olmagan.