«Özbekkömir» aksiyadorlik jamiyatining asosiy aktivlari Rossiyaning «ProgressGorTex» MÇJ boşqaruviga ötkazilişi mumkin.

«Özbekiston temir yöllari» AJning «Özbekkömir» AJ ustav fondidagi 45 foiz uluşi «ProgressGorTex» işonçli boşqaruviga berilişi möljallanmoqda.

«Kommersant'» naşri tomonidan sörovdan ötkazilgan bozor iştirokçilari atigi bir oy muqaddam Nikolay Yemelyanov tomonidan taşkil etilgan Rossiya MÇJsi ortida kim turganini bilişmasligi ma'lum böldi. Biroq, Yemelyanovning boşqa kompaniya, «Selena» MÇJ böyiça şerigi Doniyor Komilovdir - Gazprombank sobiq top-menejyeri.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasiga köra, Moliya, Iqtisodiyot vazirliklarining, Xususiylaştirilgan korxonalarga kömaklaşiş va raqobatni rivojlantiriş va  «Özbekiston temir yöllari» AJning «Özbekkömir» AJ ustav fondidagi 45 foiz uluşini işonçli boşqaruvga beriş maqsadida qonunçilikda belgilangan tartibda Özbekiston Respublikasida «ProgressGorTex» MÇJ şö'ba xöjalik jamiyati taşkil etiş uçun «ProgressGorTex» MÇJ (Rossiya Federatsiyasi) şö'ba xöjalik jamiyatini jalb etiş; işonçli boşqaruv davrida «Özbekkömir» AJning taşkiliy-huquqiy şaklini aksiyadorlik jamiyati sifatida saqlab qoliş töğrisidagi takliflariga rozilik berilişi mumkin.

Kartoteka.ru va YeGRYuL ma'lumotlariga köra, «ProgressGorTex» 2018 yil 15 oktyabrda Nikolay Gennadeviç Yemelyanov tomonidan taşkil etilgan. U «Selena» MÇJning ham ta'sisçilaridan biri - Gazprombank sobiq top-menejyeri Doniyor Komilov bilan birga. Ma'lumot uçun: Doniyor Komilov 2010-2014 yillarda Gazprombankning «Upravlyayuşçaya kompaniya — Strategiçeskiye aktivi» YoAJ tuzilmasi rahbari bölgan. Şuningdek, 2015-2016 yillarda u «Uralmaşzavod» direktorlar kengaşiga kirgan.

«Kommersant'» sörovining mohiyatini eşitgan Nikolay Yemelyanov darhol göşakni qöyib qöydi va takroriy qönğiroqlarga javob qaytarmadi. Gazprombank naşr savollariga javob bermadi, 13 noyabr kuni Doniyor Komilov va özbek kompaniyalari vakillari bilan boğlanişning imkoni bölmagan.

«Kommersant'» manbalari «ProgressGorTex» va Yemelyanov ortida rossiyalik yirik tadbirkorlar turganiga şubha qilişmoqda.

Rossiya Federatsiyasi hukumatidagi, sohadagi vaziyatdan xabardor naşr manbasi ham Moskva va Toşkent örtasida kömir böyiça qandaydir hamkorlik rejalari haqida bilmasligini bildirgan.

Ma'lumot uçun: