«Barselona» Madridning yana bir jamoasiga qarşi öyin ötkazib, dastlab gol ötkazib yuborgan bölsada, yakunda irodali ğalabaga erişdi.
Ispaniya çempionati. 27-tur
«Barselona» - «Rayo Valekano» - 3:1 (1:1)
Gollar: Raul de Tomas, 24 (0:1). Pike, 38 (1:1). Messi, 51 - penalti (2:1). Suares, 82 (3:1).
«Barselona»: ter Ştegen, Semedu, Pike, Yumtiti, Jordi Alba, Vidal, Buskets (Malkom, 85), Artur (Dembele, 46), Messi, Suares, Koutinyu (Rakitiç, 80).
«Rayo Valekano»: Dimitriyevski, Advinkula, Velaskes, Galves, Amat (Poso, 64), Aleks Moreno, Alvaro Garsiya (Embarba, 80), Komesanya, Imbula, Bebe, Raul de Tomas.
Ogohlantirişlar: Velaskes, 68. Buskets, 79. Imbula, 89.
Hakam: Melero Lopes (Ispaniya).
9 mart. Barselona. «Nou Kamp» stadioni.
Iştiyoq
Futbolda motivatsiya - muhim öringa ega. Masalan, «Barselona» uç kun içida ikki bor «Real»ni Madridda mağlub etişi, keyin esa öz maydonida 40 daqiqa davomida Madridning boşqa bir jamoasi, turnir jadvalida 19-örinda borayotgan autsayder «Rayo Valekano»ga qarşi heç narsa qila olmasligi mumkin. Endilikda çempionatda çempionlik intrigasi sönmoqda, kataloniyaliklar ikkinçi örindagi «Atletiko»ni 7 oçkoga ortda qoldirgan, «Real» yanada uzoqda - oradagi farq 12 oçkoni taşkil qilmoqda.
Anderdoglar
«Rayo Valekano» «Kamp Nou»ga qatorasiga 5 öyinda mağlubiyat qayd etgan holda taşrif buyurgan va bu safar qandaydir muvaffaqiyatdan umid qilayotgandi. Anderdoglar odatda grandlarga qarşi yaxşi öynaşadi. Birinçi davra öyinida madridliklar «Barsa»ni 87-daqiqagaça mağlub etib turgan, ammo oxirgi daqiqalarda 2 gol ötkazib, 2:3 hisobida mağlub bölgandi. Dekabrda esa jamoa «Real»ga qarşi öyin ötkazib, minimal hisobda yutqazdi (0:1). Bir tomondan jamoa grandlarga munosib qarşilik körsatadi, boşqa tomondan bu öyinlarda birorta ham oçko olmaydi. Şanba kuni «asalarilar» nihoyat natija uçun maydonga tuşişgandi.
«Real» tarbiyalanuvçisi
Ular öz maqsadlariga darhol erişişdi - birinçi bölim örtalarida maydon egalari raqib himoyasini yorib ötolmasdan, töpni uyoqdan buyoqqa olib yurganlarida «Rayo» töpni egallab oldi va tezkor qarşi hujum uyuştirib, hisobni oçdi. Gol muallifi «Real» akademiyasi tarbiyalanuvçisi, «Rayo»ning joriy mavsumdagi asosiy töpurari Raul de Tomas böldi. U töpni qabul qilib olib, Pike va Sameduga yaqinlaşib keldi va uzoqdan darvozani nişonga oldi. Ter Ştegen bu safar qutqara olmadi.















