Özini vaqtinçalik prezident deb e'lon qilgan Venesuela parlamenti spikeri Xuan Guaydo Milliy assambleyaga favqulodda vaziyat rejimini joriy etişni sörab murojaat qiladi, deb yozadi El Nacional.
«Men Milliy assambleyadan favqulodda vaziyat rejimini e'lon qilişini söramoqçiman», — dedi Guaydo.
Guaydoning sözlariga köra, 8 mart kuni boşlangan va 60 soatga yaqin davom etgan elektr ta'minotidagi uziliş oqibatida kamida 17 kişi halok bölgan, mahalliy tadbirkorlar esa 400 mln dollarga yaqin mablağ yöqotgan.
8 mart kuni Venesuelaning 23 ştatidan 21tasi elektr ta'minotisiz qoldi, poytaxtda metro, internet va uyali aloqa tizimi uzilişlar bilan işladi.
Prezident Nikolas Maduro voqeada «Amerika imperializmi»ni aybladi. Keyinroq Venesuela axborot vazirligi elektr energiyasi kiberhujum natijasida uzilib qolganini ma'lum qildi.
9 mart kuni Bolivar ştatidagi nimstansiyalardan birida portlaş sodir böldi. Venesuela hukumati mamlakat energiya tizimiga hujum qilingani yuzasidan BMTning inson huquqlari böyiça oliy komissari Mişel Baçeletga murojaat qilinişini bildirdi.













