Hindiston politsiyasi Jammu va Kaşmir ştatida hind harbiylariga uyuştirilgan hujum taşkilotçilaridan birini yöq qildi, deb xabar berdi ANI agentligi.
Agentlikning ma'lumot berişiça, Mudasir Ahmad Xon ismli jangari Jammu va Kaşmir ştatidagi Tral tumanidagi töqnaşuvda öldirilgan.
"Tergovning aniqlaşiça, Mudasir Pulvamdagi teraktning asosiy taşkilotçilaridan biri bölgan", - deyiladi politsiya bayonotida.
Politsiyaning bildirişiça, töqnaşuv davomida "Jaişi Muhammad" guruhining ikki nafar a'zosi yöq qilingan. Ular qator terrorçilik harakatlariga aloqadorlikda ayblanib qidiruvda bölgan.
Eslatib ötamiz, 14 fevral kuni Jammu va Kaşmir ştatida hind harbiylariga qilingan hujum oqibatida 45 kişi halok bölgandi.
Hujum uçun javobgarlikni "Jaişi Muhammad" guruhi öz zimmasiga olgan.












