Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston O‘zbekistonga gaz eksportini kamaytirdi
Foto: REUTERS
Qozog‘iston o‘tgan yilning 10 oyi davomida 22 milliard kub metrdan ortiq gaz eksport qildi. Bu hajm o‘tgan yilgi ko‘rsatkichga nisbatan 14,5 foizga ko‘p, deb xabar bermoqda "Xabar 24".
Eksportning o‘sishi Rossiya va Xitoyga yetkazib berish hajmlari ortishi bilan bog‘liq. Davlatning shimoldagi qo‘shnisi 7,5 milliard kub metrdan ortiq gaz sotib oldi, sharqdagisi esa - hajmlarni 7 barobarga oshirdi. Mamlakat Energetika vazirligi so‘nggi ma'lumotlariga ko‘ra, 2018 yilda Xitoyga 5 milliard 800 million kub metr gaz sotilgan.
Mahsulotni sotish bozorlarining kengayishi ham eksport o‘sishiga ta'sir qildi. Ozarboyjon va Qirg‘izistonga kichik hajmda yetkazib berish yo‘lga qo‘yildi. Shveytsariya, Ukraina va O‘zbekistonga eksport hajmi kamaydi.
Umuman olganda, ushbu davrda Qozog‘iston 1 milliard 700 million dollarlik gaz sotdi. Yil boshidagi ko‘rsatkichlarga ko‘ra, Qozog‘istonda 9 million kishi, ya'ni mamlakat aholisining deyarli yarmi gazga ega. Rasmiylar bu raqamni oshirish niyatida.
Bundan oldin, O‘zbekistonda suyultirilgan gaz ta'minotidagi muammolar ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
17:44 / 02.10.2025
Telegram Qozog‘istonda ofisini ochdi
10:00 / 30.09.2025
Baxtiyor Saidov Qozog‘istonning yangi tashqi ishlar vazirini tabrikladi
23:09 / 29.09.2025
“Raqobat kayfiyati integratsiyaga soya soladi” - ekspertlar qozoq mediasi haqida
15:20 / 29.09.2025