AQŞning Kaliforniya ştati San-Fransisko şahridan unça uzoq bölmagan hudud «Silikon vodiysi» nomi bilan yuqori texnologiyalar işlab çiqaruvçilarini öziga jalb etib keldi.
Silikon, töğriroği kremniy kimyoviy unsuri yarimötkazgiç va mikrosxemalarni tayyorlaşda köp işlatilgani bois, jurnalist Don Xeflerning seriyali maqolalarda «Kremniy vodiysi» deb atalgan San-Fransisko, keyinçalik texnologik habning titul nomiga aylanadi.
Yalpi içki mahsulot körsatkiçi böyiça Niderlandiya va Şveytsariyaga tenglaşgan vodiy Apple, Alphabet va Facebook kabi yirik AT kompaniyalariga yurt böldi.
AQŞdagi barça vençur investitsiyalarining 1/3 qismi ham aynan şu hududda töplangan, vodiy sarmoyadorlar uçun eng jozibador makon bölib körinadi. Bejiz uni Renessans Florensiyasi, deb ataşmaydi.
The Economist jurnali ta'kidlaganidek, Kremniy vodiysi xaritadagi şunçaki nuqta emas, u, innovatsiya va ixtirolikka sinonim — ğoya. Katta tajribaga ega muhandislar guruhi, vençur kapitali, Berkli va Stenford kabi kuçli universitetlar, madaniyat va gullab, yaşnayotgan tadbirkorlik vodiyni öziga xos hududga aylantirdi. Undan andoza olişga uringanlar köp bölgan, ammo köpçilik eplay olmagan.













