Innovatsion rivojlaniş vaziri Ibrohim Abdurahmonov Qozoğiston Respublikasining mineral xomaşyolarni kompleks qayta işlaş böyiça milliy markazi boş direktori Abdurasul Jarmenovni qabul qildi. 

A. Jarmenov Navoiy şahridagi hozirda faoliyat körsatmayotgan kremniy zavodini modernizatsiya qilib, investitsiyalar jalb etib, kremniy va uning qorişmalarini innovatsion texnologiyalarni qöllagan holda işlab çiqariş taklifini ilgari surdi, deyiladi vazirlik xabarida. 

Qayd etilişiça, bugunda alyuminiy, kalsiy, uglerod, titan, fosfor, xrom kabi elementlarning nisbati kam bölgan, tarkibida kremniy moddasi yuqori bölgan pölatga ehtiyoj yuqori. Temir va kremniydan taşkil topgan ferro-qorişmani işlab çiqarişda kömir çiqindilari yoki guruç kepagidan olingan sof uglerodli tiklovçi moddadan foydalaniladi. Bu innovatsion texnologiyani tijoratlaştiriş hozirda töxtab qolgan zavodni işlaşiga, qöşimça iş örinlari taşkil etilişiga, eksportbop mahsulot işlab çiqarilişiga, şuningdek işlab çiqariş çiqindilaridan oqilona hozirda foydalanişga sabab bölişi kutilmoqda.

Muzokaralar natijasida Innovatsion rivojlaniş vazirligi mutasaddilari xarajatlar, investitsiya miqdori va aniq prognozlaştirilgan foyda miqdori va uni taqsimlaş tartibi körsatilgan aniq iş rejasini tuziş böyiça işlarning natijasi mazkur loyihaning istiqbolini belgilaşini qayd etdilar. Öz navbatida, loyiha ÖzR FA U.A. Arifov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutining olimlarini jalb qilgan holda amalga oşirilişi közda tutilgan.