Toşkent şahrining Mirzo Uluğbek tumanida joylaşgan “Hamid Olimjon” mahallasi yoşlari hamda ularning ota-onalari, şuningdek, kam ta'minlangan oilalar farzandlari uçun Ugom-Çotqol toğ tizmasida joylaşgan Mudofaa vazirligining Toğ tayyorgarligi öquv-maşq markazi faoliyati bilan yaqindan tanişiş maqsadida ekskursiya uyuştirildi, deb xabar bermoqda Kun.uzʼga vazirlik matbuot xizmati.

Qatnaşçilar dastlab dengiz sathidan 1600 metr balandlikda joylaşgan markaz faoliyati bilan yaqindan tanişib, harbiy xizmatçilarning toğ tayyorgarligi maşğulotlarini bajarişi uçun yaratilgan öquv joylariga taşrif buyurdilar.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Ekskursiya davomida yoşlarga yöriqçilar tomonidan toğ tösiqlari, qoyalarga kötariliş hamda tuşiş böyiça amaliy maşqlar körsatib berildi. Özini sinab körişni istagan yoşlar uçun xavfsizlik texnikasiga rioya qilingan holda maşqlarda bevosita iştirok etiş imkoniyati yaratib berildi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Bundan taşqari, iştirokçilar pnevmatik miltiqdan otiş böyiça merganlik mahoratlarini ham sinab kördilar. Qor qöynida otda sayr qiliş va çanğida uçiş barçaning sevimli maşğulotiga aylanib ulgurdi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Mudofaa vazirligi harbiy xizmatçilari tomonidan yoşlarning ma'naviy-ma'rifiy saviyasini oşiriş, ularda harbiylikka qiziqişni oşiriş maqsadida bu kabi amaliy işlar keng olib borilmoqda.