Özbekiston Futbol Federatsiyasining sobiq prezidenti, senator Mirabror Usmonov 12 mart kuni reanimatsiya bölimiga yotqizilgan. Bu ma'lumotni Soğliqni saqlaş vazirligidagi manba Kun.uz’ga tasdiqladi.

71 yoşli Mirabror Usmonov öpka va nafas yöllari bilan boğliq xastalik sabab klinikaga yotqizilgan. Ayni vaqtda u behuş qolmoqda, şifokorlar uning hayotini saqlab qoliş uçun kuraş olib borişmoqda.

Mirabror Usmonov 2005 yildan buyon Oliy Majlis Senati a'zosi hisoblanadi. U 1990—1992 yillarda Özbekiston Savdo vaziri, 1992—1994 yillarda «Özbeksavdo» raisi, 1994—2005 yillarda boş vazir örinbosari sifatida faoliyat yuritgan.

U 2006—2017 yillarda Özbekiston Futbol Federatsiyasi prezidenti bölgan, 2013—2017 yillarda Özbekiston Milliy olimpiya qömitasi raisi hisoblangan.

Eslatib ötamiz, Mirabror Usmonov 1 mart kuni Oliy Majlis Senatining ön sakkizinçi yalpi majlisining birinçi kunida köriniş bergandi.