2019 yil 3 aprel kuni Özbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi bölib ötdi. Uni Komissiya raisi M.Abdusalomov boşqardi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Majlisda Özbekiston Respublikasining «Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi deputatining va Senati a'zosining maqomi töğrisida»gi Qonuni 4-moddasi hamda «Özbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi töğrisida»gi Qonuni 5, 9-moddalariga muvofiq Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zosi etib tayinlangan Mirabror Zufaroviç Usmanov vafot etganligi munosabati bilan uning senatorlik vakolati muddatidan ilgari tugatildi.

Şuningdek, 8-Aqmanğit saylov okrugidan saylangan Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasining deputati Jamilya Abdukadirovna Niyazova vafot etganligi munosabati bilan uning deputatlik vakolati muddatidan ilgari tugatilişi töğrisida qaror qabul qilindi.

Majlisda Markaziy saylov komissiyasi vakolatiga taalluqli boşqa masalalar ham körib çiqildi.