Çempionlar ligasining 1/8 finalida «Barselona» va «Lion» örtasidagi öyinda (5:1) UYeFA prezidenti Aleksandr Çeferin qörqqan hodisa sodir böldi. U avvalboşdan YeÇLda videotakrorlarni joriy etişni istamagandi. Bu tizim esa turnirning pley-offdagi deyarli har öyinida mojaroga sabab bölmoqda.

Hozirda uçraşuv boş hakami Şimon Marçinyakning qarorini muhokama qiliş töxtamayapti. Kimdir boş hakam ham, videohakam Pavel Raçkovski ham xato qilgani, videohakam yordamçisi Pavel Gil ham ularga yordam bermaganini aytmoqda. Fransuz naşrlarida tarqalgan xabarga köra esa, texnik muammo yuzaga kelgan hamda VAR va hakam «Lion» jarima maydonida nima bölganini aniq tahlil qilişi imkoni bölmagan.

Gap şundaki, öyinning 16-daqiqasi ötib borayotgan mahalda «Barselona» hujumçisi Luis Suares raqib jarima maydonida Jyeyson Denayyer bilan kontaktdan keyin çiroyli yiqildi. Bu vaziyatda uning özi raqib himoyaçisining oyoğini bosib olgandi, öyindan keyin uning özi ham buni tasdiqladi. Marçinyak fransuzlar futbolçisi fol işlatdi, deb topdi va 11 metrlik nuqtani körsatdi. Uning qaroriga videoreferi Raçkovski ham qöşildi - u bu vaziyatda hakamning qarorida xato körmadi hamda unga ekrandagi takroriy lavhani körib çiqişni taklif etmadi. Yoki yuqorida aytilganidek texnik sabab tufayli videoyozuvni körsatişning imkoni bölmagan.

Natijada «Barselona» hisobni oçdi, Lionel Messi «panenka» zarbasini ijro etib, töpni darvozaga çiroyli tarzda joyladi.

«Menimça, uni tasodifan bosib oldim va darhol muvozanatni yöqotdim... Ammo penalti belgilaş qarorini hakam qabul qiladi», deya vaziyatga baho berdi Suaresning özi.