Şu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilingan bir holat xodim va iş beruvçi örtasidagi mehnat nizosi mavzuida. Xodim va iş beruvçi örtasidagi mehnat nizolari tez-tez uçrab turadigan holat. Lekin bunday nizolar kamdan-kam hollarda OAVda yoritiladi. 

Murojaat yuzasidan «Sizdan Telegram» kanalida «IŞ JARAYoNIDA JAROHATLANDIM, AMMO AKFA GROUP QONUNIY SURIŞTIRUVGA TÖSQINLIK QILMOQDA» sarlavhasi bilan material tarqatildi.Maqolaga köra, “Vortex line” MÇJ hisobçisi Sanjar Ğiyosov 2018 yil 8 iyulda tungi smenadagi iş payti köziga alyuminiy qipiği (strujka) kirib jarohat olgani, uşbu hodisa Toşkent şahri Şiroq köçasi 100-uyda joylaşgan alyumin profillari işlab çiqaruvçi zavodda röy berganligi haqida yozilgan. Zavod esa “AKFA Group” tasarrufida ekanligiga şa'ma qilingan. 

Mazkur holat yuzasidan “Vortex line” MÇJ vakili, huquqşunos Sevara Uluğxöjayeva öz e'tirozlarini quyidagiça keltirdi: 

«Bu xodim bizda haqiqatda işlagan. Öşa kuni iş vaqti tugaganidan söng, işçi Ğiyosov öz uyiga soğ-salomat ketgan. Buni kameralarda yozilgan videoyozuvlarda ham köriş mumkin. Uyga borgaç, 7 avgust soat 23larda közidan qon oqqan bölgan. Onalari tez tibbiy yordamga murojaat qilgan. Tez yordam kelib Ğiyosovni klinikaga olib ketişgan. Ertasiga tez yordamdagilar içki işlar xodimlariga murojaat etgan. U tez yordam xodimlari söraganida, korxonada jarohat oldim deb aytgan. 

 “Vortex line” MÇJ tomonidan aniqlik kiritiş maqsadida Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş Vazirligi tomonidan 17.07.1997 yilda tasdiqlangan 344- sonli buyruğining salomatlikka yetkazilgan zararning oğirligi darajasi töğrisidagi sxemasiga asosan Ğiyosov yotgan şifoxonaga tibbiy xulosani berişi töğrisida xat bilan murojaat qilingan.

Şifoxona bizga öz xulosasini berdi. Unga köra, bemor közida alyuminiy qipiqlar aniqlanmagan deyilgan hamda Ğiyosov olgan jarohat yengil turdagi deya hisoblangan.

Şifoxona salomatlikka yetkazilgan zararning oğirligi darajasi töğrisidagi sxemasiga asosan yetkazilgan zararning oğirligi işlab çikarişdagi oğir tan jarohatlari turiga kirmaydi, va bemor közida alyuminiy qipiqlar aniqlanmagan deb xulosa bergan. Şuningdek, şifokorlar bergan xulosaga köra Ğiyosovning közlarida katarakta kasalligi mavjudligi aniqlangan.