Tadbirkorlik faoliyatini himoya qiliş tizimini tubdan takomillaştiriş va prokuratura organlari faoliyatini optimallaştiriş çora-tadbirlari töğrisidagi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga köra 2019 yil 1 apreldan:
tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatida ötkaziladigan tekşiruvlarni muvofiqlaştiriş va qonuniyligi ustidan nazorat qiliş Prezident huzuridagi Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş böyiça vakil tomonidan amalga oşiriladi;
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qiliş böyiça vakilning tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatida ötkaziladigan tekşiruvlarga oid qarorlari nazorat qiluvçi organlar tomonidan bajarilişi majburiy hisoblanadi.
Tekşiruvlarni elektron röyxatga oliş yagona tizimi Boş prokuratura tasarrufidan Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qiliş böyiça vakil tasarrufiga ötkazildi.
Özbekiston prokuratura organlari tizimida quyidagilar tugatildi:
boş prokuror örinbosari lavozimlarining ikkita ştat birligi;
Boş prokuraturaning Tadbirkorlik va investitsiyalarni huquqiy himoya qiliş boşqarmasi;
Boş prokuraturaning Prezident qarorlari ijrosi ustidan nazorat boşqarmasi hamda uning hududiy bölimlari;
Boş prokuraturaning Soliq va bojxona islohotlarini amalga oşiriş sohasida qonunçilik ijrosi ustidan nazorat boşqarmasi hamda uning hududiy bölimlari;
soliq va bojxona islohotlarini amalga oşiriş sohasida qonunçilik ijrosi ustidan nazorat qilişga mas'ul Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahar prokurorining örinbosarlari, tumanlar (şaharlar) prokurorlarining örinbosarlari va yordamçilari lavozimlari;
tumanlar (şaharlar) prokurorlarining tadbirkorlik sub'yektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilişga mas'ul örinbosarlari hamda katta yordamçilari lavozimlari;
Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamentining tadbirkorlikni himoya qiliş va taşqi iqtisodiy faoliyatdagi huquqbuzarliklarga qarşi kuraşiş bölimi.












