Samarqand avtomobil zavodida korxona taşkil etilganligining yigirma yilligiga bağişlangan tantanali marosim ötkazildi. Bu haqda Zarnews xabar bermoqda.

Bundan yigirma yil avval, 1999 yil mart oyida Samarqand şahrida zamonaviy avtobuslar işlab çiqarilib, Samarqand avtomobil zavodining tijoriy faoliyati boşlangan edi. Dastlab Turkiyaning “Koç” kompaniyasi bilan hamkorlikda zavodda 2 rusumdagi avtobus, 3 rusumdagi yuk taşiş avtomobillari tayyorlaş yölga qöyildi.

Keyinçalik “SamAvto” mas'uliyati çeklangan jamiyati Yaponiyaning “ISUZU Motors” kompaniyasi va “Itochu corporation” korporatsiyasi bilan hamkorlik örnatdi. Ayni paytda Samarqand avtomobil zavodida şahar içida va şahardan taşqarida harakat qilişga möljallangan 7 turdagi zamonaviy avtobuslar, 36 xil yuk va maxsus avtomobillar tayyorlanmoqda.

Ötgan davrda samarqandlik avtomobilsozlar öz milliy mahsuloti – LE60 past şasseli şahar avtobusini yaratib, uni keng kölamda işlab çiqarmoqda.

Bugungi kunda korxonada 1200 dan ortiq kişi mehnat qilmoqda. Şu paytgaça zavodda 33 ming 700 dan ortiq avtobus va yuk maşinalari işlab çiqarildi. Uşbu transport vositalari yurtimizda uşbu turdagi avtobus va yuk maşinalariga bölgan ehtiyojni qondiriş barobarida Markaziy Osiyo davlatlari hamda Rossiya, Ozarbayjon, Gruziyaga eksport qilinmoqda.

Viloyat hokimi Erkinjon Turdimov zavod jamoasi va xorijlik hamkorlarni korxona taşkil etilganligining 20 yilligi bilan tabrikladi. “SamAvto”ning yurtimiz iqtisodiyotida tutgan örnini e'tirof etdi va zavod rahbariyatiga viloyat hokimligining esdalik sovğasini topşirdi.

Şuningdek, marosimda “ISUZU Motors” kompaniyasi va “Itochu corporation” korporatsiyasi vakillari sözga çiqib, samarqandlik avtomobilsozlar bilan hamkorlik ular uçun har tomonlama manfaatli ekanligini ta'kidlab, kelgusida işlab çiqariş kölamini kengaytiriş va mahsulot turini yanada köpaytirişga tayyor ekanliklarini ma'lum qildi.