Dastlabki ma'lumotlarga köra, Italiyaning sobiq boş vaziri Silvio Berluskoni işi böyiça guvoh bölgan marokaşlik raqqosa Imon Fadil «radioaktiv moddalar aralaşmasidan» vafot etgan. Bu haqda Italiya prokuraturasiga tayanib ANSA agentligi xabar berdi.
2013 yilda Berluskoni voyaga yetmagan Karima al-Maruğ ismli qiz bilan aloqada bölgani uçun yetti yilga ozodlikdan mahrum qilingan. 2014 yilda sobiq boş vazirning advokatlari hukm bekor qilinişiga erişişgan, ammo prokuratura yangi iş qözğagan. Bu safar Berluskoni yolğon körsatma beriş uçun guvohlarni sotib olişda ayblangan.
Imon Fadil yangi iş böyiça guvohlardan biri bölgan. The Times gazetasining yozişiça, Fadil Italiya sobiq boş vaziri Milan yaqinidagi villasida tungi bazmlarda xizmat qilgan ayollar jim yurişlari uçun ularga katta miqdorda pul berganligi haqida guvohlik berişi kerak bölgan. U bazmlar mehmonlariga ham oğzini yumib yurişlari uçun pul bergan. Tergov taxminiga köra, Berluskoni buning uçun 10 mln yevro sarflagan.
Ammo 29 yanvarda Fadil şifoxonaga tuşgan va 1 mart kuni vafot etgan.
Toksikologik ekspertiza xulosasiga köra, ölimga «radioaktiv moddalar aralaşmasi» sabab bölgan.
Avvalroq Silvio Berluskoni yana korrupsiyaga aloqadorlikda gumonlanayotgani xabar qilingandi.












