Yangi Zelandiya politsiyasining yuqori martabali xodimi Noila Hassan Kraystçerçda yuz bergan terakt oqibatida halok bölgan musulmonlarni xotirlab, köz yoşlarini yaşirmadi. 2018 yilda özining musulmon ekanini ommaviy e'lon qilgan politsiyaçi Oklend şahri markazidagi maydonda yiğilgan olomon qarşisida “musulmon va Yangi Zelandiya politsiyasi yetakçilaridan biri” ekanligidan faxrlanişini yana bir marta takrorladi.
15 mart kuni Kraystçerç şahridagi ikkita masjidda odamlar öqqa tutilgan. Oqibatda 50 kişi halok bölgan.
Voqeadan ikki kun ötib, musulmon politsiyaçi Noila Hassan omma oldida nutq irod etdi. U sözlarini Allohga hamd, Payğambarimiz Muhammad alayhissalomga salovatlar aytiş bilan boşlagan.
"Men jamoatimizning tinçligi va xavfsizligini ta'minlaş uçun qölimizdan kelgan barça imkoniyatlarni işga solişimizni bildirmoqçiman. Bilaman, bu musulmon jamoati uçun oğir, ayni paytda barça uçun qayğuli payt", - deydi u.
Hassan xonimning ta'kidlaşiça, masjidlar atrofida nozirlar soni köpaytirilgan. Undan söng nutq qilgan mahalliy musulmonlar jamoati yetakçisi politsiya tomonidan körsatilayotgan e'tibor uçun minnatdorçilik bildirgan.
Bu voqeaga Özbekiston Musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov ham munosabat bildirib, 17 mart kuni mamlakatning barça masjidlarida teraktda halok bölganlar haqqiga Qur'oni karim tilovati va duolar qilişni tavsiya etgan.
"Butun dunyo mömin-musulmonlari, ulamolari, din va davlat arboblari uşbu uyuştirilgan terrorçilik oqibatida halok bölganlarning oila a'zolariga çuqur hamdardlik bildirmoqda”, – deyiladi muftiyning murojaatida.













