19 fevral kuni Özbekiston hududining katta qismiga Turkmanistondan iliq havo oqimlari kirib kelişi kutilmoqda, faqatgina şimoliy hududlar Volgaböyidan kirib keladigan nam va salqin havo oqimlari ta'sirida böladi. Respublika hududida yoğingarçilik kutilmaydi, şimoliy tumanlarda qor yoğişi mumkin. Harorat keçasi 0-5 daraja, kunduzi 8-13 daraja, şimolda 0-5 daraja iliq böladi.

20-21 fevral kunlari Volgaböyi tumanlaridan kirib kelgan nam va salqin havo respublikaning barça hududlariga ta'sir qiladi. 20 fevral kuni respublikaning katta qismida yoğingarçilik (yomğir, qor) böladi, şimol va Farğona vodiysida yoğingarçilik kutilmaydi. 21 fevralda respublika böylab yoğingarçilik kutilmaydi, faqat Farğona vodiysi viloyatlarida qor yoğişi mumkin. 22-23 fevral kunlari salqin havo oqimlari asta-sekin çekinişni boşlaydi.
 
20 fevralda harorat keçasi va kunduzi 0-5 daraja iliq, 21 fevral kuni keçasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq böladi. 22 fevral kuni keçasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq bölişi mumkin. 23 fevralda keçasi 3 daraja sovuq – 2 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq böladi.