2019 yil yanvar-fevral oyi yakunlariga köra, respublikada taşqi savdo aylanmasi 6,39 mlrd dollarni taşkil etib, ötgan yilning şu davriga nisbatan 25,4%ga ösdi. Bu haqda Davlat statistika qömitasi xabar bermoqda.
Eksport hajmi 3,03 mlrd dollarga (ösiş sur'ati 20,4%) va import hajmi 3,35 mlrd dollarga (ösiş sur'ati 30,3%) yetdi. Taşqi savdo saldosi minus 319,2 mln dollarni taşkil qildi.
2019 yilning yanvar-fevral oyida eksport qilingan tovar va xizmatlar, ötgan yilning mos davriga nisbatan 513,7 mln dollarga köproq eksport qilindi, tovar va xizmatlar importi hajmi esa ötgan yilning mos davriga nisbatan 779,6 mln dollarga köproq.
2019 yilning yanvar-fevral oyi yakuni böyiça tovarlar eksporti bilan şuğullanuvçi korxonalar ötgan yilning mos davriga nisbatan 281taga köpayib, 2096taga yetdi.
Taşqi savdo aylanmasi dinamikasidan keltirilgan ma'lumotlar körsatkiçlarning qolgan yillarga nisbatan ösganligini körsatmoqda. Bundan taşqari, 2019 yil yanvar-fevral oyida amalga oşirilgan eksport hajmi, ötgan yillarga nisbatan köpayib, 3,03 mlrd dollarni taşkil qildi.
2019 yil yanvar-fevral oyida taşqi savdo aylanmasida MDH davlatlarining uluşi 31,4%ni taşkil etib, hamda taşqi savdo aylanmasi ötgan yilning şu davriga nisbatan 113,4% taşkil etdi.
Boşqa xorijiy davlatlarning respublika taşqi savdo aylanmasidagi uluşi 2018 yilning yanvar-fevral oyida 65,3%ni taşkil qilgan bölsa, joriy yilning uşbu davrida esa taşqi savdo aylanmasidagi uluşi 68,6%ga yetdi. Ötgan yilning mos davriga nisbatan 3,3%ga ösdi.
Bundan oldin, Özbekistonda avtomobillar işlab çiqariş 51 foizga oşgani xabar berilgandi.












